“InfinBANK” ATB filiallari va bankomatlari odatiy tartibda faoliyat yuritmoqda

“InfinBANK” ATB filiallari va bankomatlari odatiy tartibda faoliyat yuritmoqda

“InfinBANK” ATB filiallari va bankomatlari odatiy tartibda faoliyat yuritmoqda

Bank xizmatlarini uzilishlarsiz taqdim etish maqsadida bankning texnik xodimlari tomonidan quvvat tizimini zaxira energiya manbalariga ko‘chirish ishlari amalga oshirildi.

O‘zbekiston energiya tizimidagi avariyaviy vaziyat butun mamlakat hududidagi xizmat ko‘rsatish sohasiga ta’sir ko‘rsatdi. Energiyaning o‘chirilishi naqd pulga bo‘lgan ehtiyojning ortishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan “Infinbank” ATB filiallari va bankomatlari zaxira generatorlari yordamida odatiy tartibda ishlayotganini va siz ularning xizmatidan ish grafigiga muvofiq foydalana olishingizni ma’lum qilamiz.

Joylardagi bankomatlar ishida uzilishlar kuzatilsa, “Infinbank” ATB filiallarining kassalariga murojaat qilish yoki bank bo‘linmalarida joylashgan bankomatlardan foydalanishni tavsiya qilamiz. Masofaviy bank xizmatlari bilan bog‘liq muammolar kuzatilganda ham bevosita bank filiallariga murojaat etishingizni so‘raymiz.
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.