Employer Brand Award mukofoti sovrindori
InfinBANK ketma-ket uchinchi marotaba xalqaro “EMBRAS” mukofotida ishtirok etib, sovrindorga aylanmoqda!
Bu yili biz birdaniga 2ta nufuzli yo‘nalishda g‘olib bo‘ldik. Birinchi o‘rinni “Biznes natija” yo‘nalishida qo‘lga kiritdik. “Ish beruvchi imiji” nominatsiyasida esa qozog‘istonlik hamkasblarimizga imkoniyatni boy bergan holda, biroq O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib 2-o‘rinni egalladik!
Xalqro “Employer Brand Award” mukofotida asosiy maqsadi o‘z xodimlarini yanada rivojlantirish bo‘lgan eng ilg‘or kompaniyalar ishtirok etadi. Mukofotning o‘zi esa HR rolini yanada kuchaytirish va ish beruvchi brendini mustahkamlashga qaratilgan.
Biz o‘z HR-loyihalarimizni keng auditoriyaga havola etganimiz va bu qadar yuqori baho olganimizdan nihoyatda xursandmiz!
Tabriklarni qabul qilamiz!