InfinBANKning 15 yilligi sharafiga yubiley omonati!
1-dekabrdan boshlab InfinBANK mijozlari yangi — “Infinga 15 yil” valyuta omonatini ochishlari mumkin. Bu oʻz kapitalingizni yanada koʻpaytirish orqali, bizning tugʻilgan kunimizga sizning hadyangiz boʻladi!
• Stavka — 5,5%.
• Muddati — 18 oy.
• Eng kam kiritma — 500 AQSh dollari.
Omonat shartlari:
• omonatning maksimal miqdori — cheklanmagan;
• qisman yechib olish — mumkin. Ammo $500 dollari miqdoridagi pasaymaydigan qoldiqni saqlash sharti bilan, foizlar oʻrnatilgan miqdorda toʻlab beriladi;
• muddatidan erta yopish — mumkin. Foizlar soʻnggi toʻliq oy uchun toʻlab beriladi;
• qoʻshimcha kiritma — mumkin;
• foizlarni toʻlash tartibi — har oy.
Omonatni bankning mobil ilovasi va filiallarida ochish mumkin. Mazkur omonat
Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tomonidan himoyalangan.