InfinBANK Murabaha bitimi bo'yicha moliyalashtirishni taklif qiladi
InfinBANK jamoasi o’z mijozlarini har qanday vaziyatda qo'llab-quvvatlashga tayyor va, ularga manzur keladigan xizmatlarni taqdim etishga intiladi. Islomiy moliyalashtirish bankdagi strategik muhim mahsulot bo‘lib, biznesingizni rivojlantirishga yordam beradi.
Bugun bank aylanma mablag'larni to'ldirish, shuningdek, asosiy vositalarni sotib olishga qaratilgan Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) va Xalqaro Islom savdo va moliya korporatsiyasi (ITB) liniyasi orqali moliyashtirish shartlari bilan bo’lishdi.
XSRIK moliyalashtirish liniyasining asosiy shartlari:
-
Moliyalashtirish maqsadi: aylanma mablag'ini to'ldirish/asosiy vositalarni sotib olish
-
Moliyalash valyutasi: AQSh dollari
-
Minimal miqdor: 500 000 AQSh dollari
-
Maksimal miqdor: 7 500 000 AQSh dollari
-
Moliyalash muddati: 48 oygacha
-
Moliyalashtirish garovi: ko'chmas/ko'char mulk va boshqa likvidli garov turlari.
ITB moliyalashtirish liniyasining asosiy shartlari:
-
Moliyalashtirish maqsadi: aylanma mablag'ini to'ldirish/asosiy vositalarni sotib olish
-
Moliyalash valyutasi: AQSh dollari
-
Minimal miqdori: 100 000 AQSh dollari
-
Kreditning maksimal miqdori: 5 000 000 AQSh dollari
-
Moliyalash muddati: 12 oygacha
-
Moliyalashtirish garovi: ko'chmas/ko'char mulk va boshqa likvidli garov turlari.
InfinBANK tomonidan Murabaha moliyalashtirish Shariat tamoyillariga mos kelib, operatsiyalar foizli kredit emas, balki savdo shartnomasidir va unda Islom tamoyillariga tayangan holda tuziladi. XSRIK va ITB moliyalashtirish liniyalari xususiy sektor uchun qulay muhit yaratish, moliyadan foydalanish imkoniyatini yaxshilash va IHT(Islom Hamkorligi Tashkiloti)ga aʼzo mamlakatlarda iqtisodiy barqarorlik va rivojlanishni qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan.
Mijozlar xizmatdan istalgan InfinBANK filialida foydalanishlari mumkin.
InfinBANK dan Murabaha bitimi boʻyicha moliyalashtirish tezkorlik, yuqori sifatli xizmat koʻrsatish va ishonchlilik uygʻunligi boʻlib, mijozlarga oʻz bizneslarini ishonchli rivojlantirish va moliyaviy maqsadlarga erishish imkonini beradi. InfinBANK jamoasi islomiy moliya xizmatlaridan foydalanmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarni hamkorlikka taklif qiladi.