Nogiron-amputantlar o‘rtasidagi birinchi O‘zbekiston chempionati qanday o‘tdi?

Nogiron-amputantlar o‘rtasidagi birinchi O‘zbekiston chempionati qanday o‘tdi?

Nogiron-amputantlar o‘rtasidagi birinchi O‘zbekiston chempionati qanday o‘tdi?

11-16 sentyabr' kunlari Buxoro shahrida futbol bo‘yicha nogiron-amputantlar o‘rtasida ilk bor “Mustaqillik kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Turnir «Matonat Futbol» nogiron-amputantlar futbolini rivojlantirish Markazi tomonidan InfinBANK homiyligida tashkil qilindi. Chempionatda mamlakatimizning barcha viloyatlaridan O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari ishtirok etishdi. Final turnirida 6ta jamoa qatnashdi.

Nogiron-amputantlar o‘rtasidagi futbol o‘yini qoidalarining o‘ziga xos xususiyatlari bor. Futbol maydonining o‘lchami odatdagidan farqli ravishda 60x40 metrni tashkil etadi. Maydonda – bir oyog‘i bo‘lmagan yoki hassa tayoqda harakatlanuvchi 7 nafar futbolchi, darvozabon – bir qo‘li bo‘lmagan yoki tug‘ma patologiyasi bor o‘yinchi. Uchrashuv tanaffus bilan 20 daqiqadan 2 taym davom etadi. Darvozabonning harakati darvozabon maydoni bilan cheklanadi, darvozabon jarima chizig‘idan tashqariga chiqa olmaydi. Bunday holda, o‘yinchilarga qo‘ltiq tayoq yoki oyoqning amputasiya qilingan qismi bilan o‘ynashga ruxsat berilmaydi, bu qoidalarni buzish hisoblanadi.

16 sentyabr' kuni bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmali o‘yinda eng kuchli futbolchilar ikki jamoaga: O‘zbekiston 1- va 2-raqamli terma jamoalariga bo‘linib, o‘zaro munosib o‘yin ko‘rsatishdi. O‘yinning saviyasi va sifati asosiy tarkibning ustunligini ko‘rsatdi. O‘zbekiston 1-raqamli terma jamoasi ikkinchi jamoani 9:1 hisobida osonlik bilan “mag‘lub etdi”. Bu bilan futbolchilar Turkiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga to‘liq tayyorligini ko‘rsatishdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi mashg‘ulotlar o‘tkazish va ob-havoga moslashish uchun 23 sentyabr' kuni Turkiyaga yetib borishadi. Jamoa jiddiy guruhga tushgan, ular orasida Pol'sha va Ispaniya jamoalari ham bor. Pol'sha bo‘lajak jahon chempionati favoriti bo‘lsa-da, O‘zbekiston terma jamoasi besh karra jahon chempioni hisoblanadi. Jamoa ahil va har qanday raqibga qarshi kurashishga tayyor.

Ishonamizki, O‘zbekiston terma jamoasi finalga chiqadi, kubokni boshi uzra ko‘taradi va final yakunida Istanbulda O‘zbekiston madhiyasi yangraydi.

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Abdujamol Shukurov o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi:

– Bu turnirda biz ustun edik, mashg‘ulotlar va jahon chempionatiga tayyorgarlik juda yaxshi ketmoqda. Jamoa raqobatbardosh, maksimal darajada tayyorlangan va motivasiyaga ega. Jamoa tarkibi jahon chempionlaridan iborat. Biz chempionatda oson o‘yinlar bo‘lmasligini tushunamiz. Umid qilamizki, ushbu jahon chempionatida yuqori natijaga erishamiz. InfinBANK tufayli biz Jahon chempionatida qatnashish uchun a'zolik badalini to‘lay oldik. Agar homiy yordami bo‘lmaganida jamoa turnirga bora olmasdi.

“Matonat futbol” rahbari Rustam Mehmonov taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:

– 30 yillik faoliyati davomida jamoalar juda ko‘p qiyinchiliklarga duch kelishdi. Ko‘pincha, resurslar va moddiy yordam yetishmay qoladi. NTTlar (nodavlat notijorat tashkiloti) tasdiqlanganidan keyin homiylik ko‘rsatishni boshlashdi. Masalan, joriy turnir va bo‘lajak jahon chempionatini InfinBANK moliyalashtiradi. Bu yigitlarni chindan ham ruhlantirmoqda, ular xalqaro turnirlarda yurt sharafini g‘urur bilan himoya qilishga bel bog‘lashgan.



×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.