InfinBANK – «Islom Taraqqiyot Banki» (ITB) guruhi boshqaruvchilar kengashining yillik yig'ilishida qatnashmoqda

InfinBANK – «Islom Taraqqiyot Banki» (ITB) guruhi boshqaruvchilar kengashining yillik yig'ilishida qatnashmoqda

InfinBANK – «Islom Taraqqiyot Banki» (ITB) guruhi boshqaruvchilar kengashining yillik yig'ilishida qatnashmoqda

Iyun oyining ilk kunlarida, 1iyundan 4 iyunga qadar Misrning Sharm ash-Shayx shahrida Islom taraqqiyot banki guruhi Boshqaruvchi direktorlarining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yillik yig‘ilish ishtirokchilari qashshoqlik, ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik va COVID-19 ta'siriga qarshi kurashda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan saboqlar, biznes modellari va tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar. Tadbir Islom taraqqiyot bankiga a'zo mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishi va imkoniyatlarini kengaytirish masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan.

Tadbirda Bankimiz boshqaruvi raisi Bobur Burxonov boshchiligidagi InfinBANK delegasiyasi faol ishtirok yetmoqda.



2021-yilda O‘zbekiston mezbonlik qilgan yillik yig‘ilishda yerishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomi sifatida joriy yil Sharm ash-Shayxda InfinBANK delegasiyasi Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom Korporatsiyasi hamda Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi rahbarlari bilan samarali muzokaralar olib bordi.

Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi bosh direktori Xani Salem Sonbol InfinBANKga O‘zbekistonda xususiy sektor va kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashning umumiy maqsadiga mos keladigan hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, u Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi InfinBANK bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini ma'lum qildi.

Korporatsiyalar va InfinBANK vakillari moliyaviy mahsulotlarning shariat tamoyillariga muvofiq kirib borishini ko‘paytirish uchun ajratilgan moliyalashtirish liniyalari, sindikatlashtirilgan mahsulotlar va konsalting xizmatlari hajmini oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar.

Muzokaralar natijalari InfinBANK va ITB guruhi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilayotganidan dalolat beradi.
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.