Oʻz biznesingizni ochyapsizmi? InfinBANK sizni qoʻllab-quvvatlaydi

Oʻz biznesingizni ochyapsizmi? InfinBANK sizni qoʻllab-quvvatlaydi

Oʻz biznesingizni ochyapsizmi? InfinBANK sizni qoʻllab-quvvatlaydi

Oʻzbekiston taraqqiyotga erishish yoʻlida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratmoqda. Soʻnggi yillarda ushbu soha rivojini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ikki mingga yaqin qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi.

114 ta litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi, 33 ta faoliyat turi boʻyicha xabardor qilish tartibi joriy etildi, ruxsatnomalar olish tartiblari soddalashtirildi va ularni berish muddatlari oʻrtacha ikki baravarga qisqartirildi. Ortiqcha tekshiruvlar bekor qilindi, naqd pul, valyuta va xomashyo muomalasi bilan bogʻliq cheklovlar bekor qilindi.

Ushbu chora-tadbirlar natijasida mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatining ishbilarmonlik muhiti yaxshilangani xalqaro reytinglarda ham oʻz ifodasini topdi. Shunday qilib, Doing Business tadqiqotining soʻnggi hisobotida Oʻzbekiston reytingi yetti pogʻona yuqorilab, 69-oʻringa chiqdi va mamlakatga islohotchi 20 ta davlat roʻyxatiga kirish imkonini berdi. Heritage Foundation tomonidan The Wall Street Journal bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Iqtisodiy erkinlik” indeksiga koʻra, 2021-yilda Oʻzbekiston 2018-yilda egallagan 152-oʻrindan 108-oʻringa koʻtarildi. Toʻrt yil davomida oʻsish 44 ta pozitsiyani tashkil etdi.

Shunday boʻlsada, pandemiya davrida kiritilgan cheklovlar tufayli kichik biznes sezilarli darajada zarar koʻrdi. Shu bois qatʼiy cheklovlar ortda qolganiga qaramay, hozir ushbu sohani qoʻllab-quvvatlashga eʼtibor qaratish juda muhim. InfinBANK bu nafaqat davlatning, balki moliya institutlarining ham vazifasi degan fikrga qoʻshiladi, shuning uchun bank oʻzining 15 yilligi munosabati bilan yangi korporativ mijozlar uchun aksiya tashkil etdi: ularga uch oy bepul xizmat koʻrsatiladi. “InfinBANK”da hisobvaraq ochish orqali siz milliy va xorijiy valyutadagi pul mablagʻlarini oʻtkazish bepul amalga oshiriladigan “Standart – aksiya” tarif paketiga ulanasiz.

Ushbu tarif yangi biznes uchun ham, allaqachon yoʻlga qoʻyilgan biznes uchun ham foydalidir. Birinchisi uchun bu qiyin yoʻlning boshida, yaʼni har bir soʻm muhim ahamiyatga ega boʻlgan paytda, har tomonlama yordam boʻladi. Allaqachon jadal ish olib borayotgan kompaniya uchun esa, bu bank xizmatlari uchun xarajatni tejashning ajoyib usuli. Oʻylaymanki, katta aylanmasi boʻlgan kompaniyalarning tajribali rahbarlari va buxgalterlari, shubhasiz qancha pulni tejab qolish va boshqa maqsadlarga, deylik, ofisdagi sharoitlarni yaxshilash yoki xodimlarni qoʻshimcha ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish mumkinligini darhol hisoblashga kirishishadi.

Siz 2022-yil 1-maydan 31-iyulgacha aksiyada ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritishingiz mumkin va bunda uch oylik muddat siz tarifga ulangan kundan boshlanadi. Agar, masalan, aksiyaning oxirgi kunida hisob ochsangiz, sizga oktyabr oyi oxirigacha bepul xizmat koʻrsatiladi. Imkoniyatingizni qoʻldan boy bermang va bugunoq “InfinBANK”da hisob oching.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.