“InfinBANK” ekologik aksiya doirasida 200 tup daraxt oʻtqazdi

“InfinBANK” ekologik aksiya doirasida 200 tup daraxt oʻtqazdi

“InfinBANK” ekologik aksiya doirasida 200 tup daraxt oʻtqazdi

“InfinBANK” ATB oʻzining “Ipoteka uchun daraxt” yashil tashabbusi doirasida Toshkent shahriga 200 tup turli xil ko‘chatlar, xususan pavlovniya, shamshod, biryuchina, drok va koʻplab mevali daraxtlar ko‘chatlari sovg‘a qildi.

Toshkentda va O‘zbekistonning boshqa yirik shaharlarida koʻp qavatli binolar qad rostlayotgan maydonlar koʻlami jadal sur’atlar bilan o‘sib bormoqda, afsuski, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish haqida bunday deb bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan, InfinBANK oʻzining ijtimoiy masʼuliyatini yaxshi his qilgan tadbirkorlik subyekti sifatida, jumladan, atrof-muhitni muhofaza qilishni oʻz burchi deb bilgan holda, mamlakatimizni koʻkalamzorlashtirishga qaratilgan aksiyani yoʻlga qoʻyishga qaror qildi.

Shu maqsadda bank mart oyida “Ipoteka uchun daraxt” aksiyasini boshlab yubordi. Uning doirasida “InfinBANK” ATB har bir berilgan ipoteka krediti uchun bittadan daraxt ekish majburiyatini oʻz zimmasiga oldi. Loyiha sinov tariqasida Toshkent shahrida amalga oshirildi.

Poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan 414-sonli bolalar bog‘chasi koʻkalamzorlashtirishning birinchi obyektiga aylandi. Bank xodimlarining birgalikdagi sa’y-harakati bilan bogʻcha hududiga shamshod butalari va mevali daraxtlar ekildi.

“Bog‘chamizni ko‘kalamzorlashtirishda ko‘rsatgan yordami uchun “InfinBANK” jamoasidan cheksiz minnatdormiz, – deydi 414-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari Guljahon Saidahmedova. – Koʻchatlar ekilgan xiyobon farzandlarimiz uchun Navro‘z bayramiga ajoyib tuhfa bo‘ldi. Umid qilamizki, bank bu tashabbusni bundan keyin ham davom ettiradi”.

Daraxtlarning asosiy qismi “Toshkent-3” aeroporti yaqiniga ekildi. Bankning bosh ofisi, Toshkent viloyati, Zangiota va Sergeli filiallaridan jami 20 nafardan ortiq xodimning sa’y-harakati bilan poytaxtimiz havo yoʻllari darvozalari oldida palovniya, drok va biryuchina daraxtlaridan iborat yangi saylgoh barpo etildi.

Ekish uchun asosiy daraxt sifatida pavlovniya tanlab olingani tasodif emas. Pavlovniya aql bovar qilmas darajada tez oʻsishi bilan ajralib turadi. Undan shahar manzaralarini koʻkalamzorlashtirishda, saylgohlarga ekishda va dam olish maskanlarini yaratishda keng foydalaniladi. Uning ikki pallali yirik barglari ajoyib soya beradi va jazirama yoz kunlarida atrofga salqinlik bagʻishlaydi. Bundan tashqari, barg yuzalarining kattaligi tufayli pavlovniya hatto eng ifloslangan va gazlangan joylarda ham havoning musaffoligini muvaffaqiyatli saqlaydi va uning ildiz tizimi tuproqni ogʻir metall tuzlardan tozalaydi. Shunday ekan, kuzga borib yangi bog‘ o‘z soyasi bilan yaqin atrofdagi mahallalar ahlini xursand qila boshlaydi.

Bank shu bilan cheklanib qolmay, oʻzining yashil aksiyalarini davom ettirish va nafaqat Toshkentni, balki respublikamizning boshqa hududlarini ham ko‘kalamzorlashtirishga yanada ko‘proq hissa qo‘shish niyatida.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.