«InfinBANK» virtual kartasi bilan internetdagi xaridlarni xavfsiz amalga oshiring

«InfinBANK» virtual kartasi bilan internetdagi xaridlarni xavfsiz amalga oshiring

«InfinBANK» virtual kartasi bilan internetdagi xaridlarni xavfsiz amalga oshiring

«InfinBANK» virtual Visa kartalarini chiqarishni boshladi. Kartani bankka bormasdan sanoqli daqiqalarda onlayn buyurtirish va olish mumkin. 

Virtual karta aynan internetdagi xavfsiz xaridlar uchun mo‘ljallangan. Uning standart bank kartasidan yagona farqi shundaki, bunday kartalarda moddiy shakli mavjud bo‘lmaydi va u telefoningizdagi InfinBANK mobil ilovasida ishlaydi.

«InfinBANK» chiqarayotgan virtual Visa kartasi bir qator afzalliklarga ega. Unga bankka bormasdan bankning mobil ilovasi orqali bepul buyurtma berish va olish mumkin. Buning uchun bankning mijozi bo‘lishning o‘zi kifoya. 

Moddiy shaklining yo‘qligi tufayli karta sanoqli soniyalar ichida chiqariladi.  Va albatta, virtual kartaning asosiy afzalligi bu uning internetda tekshirilgan va ishonchli hisob-kitiblarni ta'minlashidir. Tabiiyki, uni yo‘qotish imkonsiz. Bundan tashqari virtual Visa kartalari internet-to‘lovlar xavfsizligini oshirishga mo‘ljallangan ikki bosqichli 3-D Secure autentifikasiya protokoli bilan ta'minlangan. 

Virtual karta yordamida:
• Amazon, AliBaba va boshqa onlayn do‘konlarda xaridlarni amalga oshirishingiz;
• pulli xizmatlarda obuna haqini to‘lashingiz; 
• telefon yoki komp'yuteringiz uchun pulli ilovalarni xarid qilishingiz; 
• majburiy tartibda bank kartasi rekvizitlarini talab qiladigan xizmatlarda ro‘yxatdan o‘tishingiz;
• va konvertasiya, pul o‘tkazmalarini amalga oshirishingiz, hamda omonatlarni to‘ldirishingiz mumkin
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.