Xalqaro plastik kartalar ishidagi vaqtinchalik oʻzgarishlar haqida

Xalqaro plastik kartalar ishidagi vaqtinchalik oʻzgarishlar haqida

Xalqaro plastik kartalar ishidagi vaqtinchalik oʻzgarishlar haqida

InfinBANK oʻzining xususiy protsessing markazini ishga tushirmoqda! Avvalroq VISA va Union Pay xalqaro kartalarini bankimiz tashqi protsessing markazi asosida chiqarib kelayotgan edi. Protsessing markazi – bu barcha pul-toʻlov amaliyotlari oʻtkaziladigan shlyuz.

VISA va Union Pay kartalarini mustaqil ravishda chiqarish maqsadida InfinBANK xalqaro toʻlov tizimlarining qoidalariga muvofiq kelish uchun uzoq yoʻlni bosib oʻtdi. Xususiy protsessing markaziga oʻtish bosqichi bankimizdan xalqaro plastik kartalar boʻyicha bajariladigan amaliyotlarni bir necha kunga toʻxtatib turishni talab qiladi. Bu chora sizning hisobvaraqlaringiz va shaxsiy maʼlumotlaringiz bilan yuz berishi mumkin boʻlgan xatoliklarning oldini olish uchun zarur hisoblanadi.

2021-yilning 09-noyabridan keyin va taxminan 2021-yilning 17-noyabriga qadar mijozlar xalqaro VISA kartalaridan bank kassalaridagi VISA terminallaridan naqd pul mablagʻlarini yecha olmaydilar. Iltimos, kerakli summani oldinroq yechib oling.

2021-yilning 11-noyabridan keyin va taxminan 2021-yilning 17-noyabriga qadar xalqaro VISA plastik kartalarini chiqarish uchun arizalarni qabul qilish vaqtinchalik toʻxtatiladi.

Ushbu sanalardan keyin bank bunday xizmatlarni vaqtincha taqdim etmaydi. Xalqaro plastik kartalarga oid xizmatlarni taqdim etish mijozlarning maʼlumotlarini yangi protsessing markaziga oʻtkazish ishlari nihoyasiga yetgandan keyin davom ettiriladi. Oldinroq chiqarilgan VISA kartalar protsessing markazi almashgandan keyin ishlashda davom etadi: oʻz pul mablagʻlaringiz haqida xotirjam boʻling, shunchaki ushbu jarayonni yakunlash uchun bizga biroz vaqt berishingiz soʻraymiz. Kartalarni qayta chiqarish talab etilmaydi.

Xalqaro VISA plastik kartalari boʻyicha amaliyotlarning qayta tiklanishi haqida biz barcha mavjud usullar (mobil ilovadagi bildirishnoma, bank veb-sayti va Telegram botida beriladigan xabar) orqali sizlarni xabardor qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.