InfinBANK xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

InfinBANK xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

InfinBANK xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Davlatimiz Mustaqilligining 30 yilligi sharafiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan InfinBANKʼning bir guruh xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

“Mamlakatimizda yuz berayotgan oʻzgarishlarni koʻpchilik davlatlar katta qiziqish bilan kuzatib bormoqda”, – deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev. – “Yangi Oʻzbekiston” tushunchasi haqiqatga aylandi. Oʻzbekiston jahon hamjamiyati tomonidan pandemiya sharoitlarida iqtisodiy oʻsishga erishgan mamlakatlardan biri sifatida tan olindi. “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Besh muhim tashabbus”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” dasturlari aholi hayotini, jamiyatdagi ijtimoiy muhitni tubdan yaxshilamoqda. Biz barcha sohadagi yutuqlarimizga faqat oʻz mehnatimiz bilan erishmoqdamiz. Sizning yutuqlaringiz butun xalqning, butun Oʻzbekistonning muvaffaqiyatidir.

Fidokorona mehnati va yuksak yutuqlari bilan ajralib turgan vatandoshlarimiz davlatimizning faxriy unvonlari, orden va medallari bilan taqdirlanmoqdalar. Bankimizning quyidagi xodimlari ham “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonlari bilan taqdirlandilar:

  • Ahmadjonov Aziz Nigmadjonovich, bank kengashi raisi;

  • Abdullaev Zikirillo Sagdullayevich, bank kengashi aʼzosi;

  • Yoqubov Sardorbek Yoʻldoshevich, Xorazm viloyat filiali boshqaruvchisi;

  • Otaboev Fazliddin Faxriddinovich, Andijon viloyat filiali boshqaruvchisi;

  • Xolmatov Zuhriddin Qahramon oʻgʻli, Namangan viloyat filialining chakana kreditlash monitoringi boʻyicha bek-ofisi boshligʻi;

  • Sobirov Botir Madiyevich, Buxoro viloyat filialining xavfsizlik xizmati boʻlimi boshligʻi;

  • Toʻxtasinov Dilshod Nurmamatovich, Samarqand viloyat boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari;

  • Umarova Zuvayda Faziljonovna, Samarqand viloyat filiali ichki audit departamenti bosh mutaxassisi;

  • Gorina Marina Yuriyevna, Samarqand viloyat filialining buxgalteriya hisobi va hisoboti bek-ofisining bosh mutaxassisi;

  • Vaxobova Xatira Gʻanievna, Fargʻona viloyat filiali kassasi boshligʻi;

  • Asqarov Adhamjon Aslanovich, Fargʻona viloyat filiali maʼmuriy boʻlim boshligʻi;

  • Rizoqulov Mirolim Baxromovich, Qashqadaryo viloyat filialining korporativ kreditlash front-ofisi boshligʻi;

  • Tolibjonov Bekzod Azizxon oʻgʻli, Qoʻqon filiali boshqaruvchisi v.v.b;

  • Boymurodov Arslon Xanjarovich, Qashqadaryo viloyat filiali bosh hisobchisi;

  • Alimov Xolmurod Zaynobiddin oʻgʻli, Andijon viloyat filiali bosh hisobchisi;

  • Reunkova Nadejda Aleksandrovna, Andijon viloyat filiali kadrlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi;

  • Murtazoyev Bobir Qurbonovich, Qashqadaryo viloyat filiali chakana biznes front-ofisi boshligʻi.

Vatanimiz mukofoti muborak boʻlsin!

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.