“Invest Finance Bank” aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlari diqqatiga! (06.06.2024)

“Invest Finance Bank” aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlari diqqatiga! (06.06.2024)

“Invest Finance Bank” aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlari diqqatiga! (06.06.2024)

“Invest Finance Bank” aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda – Bank) aksiyadorlarining Navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi 2024 yil 28 iyun kuni, Toshkent shaxar, Mirobod tumani, T. Shevchenko ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan Bank Bosh ofisi binosida bo‘lib o‘tadi.
Yillik umumiy yig‘ilish aksiyadorlarning yoki ular vakillarining bevosita ishtirokida Bank kengashi tomonidan tasdiqlangan byulletenlar orqali ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. 
Yig‘ilish soat 15:00 da boshlanadi. Aksiyadorlarni ruyxatga olish soat 14:30 dan boshlanadi. Navbatdagi yillik umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun Bank aksiyadorlari reestri 2024 yil 24 iyun holatiga tuziladi.
Jamiyatning elektron pochtasi va veb sayti manzili: info@infinbank.com, www.infinbank.com.

KUN TARTIBI:

1. Bank Sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash; 
2. Aksiyadorlar yillik umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash;
3. Bank Kengashining 2023 yil yakuni bo‘yicha hisobotini eshitish;
4. Bank Boshqaruvining Bankning 2023 yil moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari bo‘yicha hisoboti va bank faoliyatining 2024 yilgi asosiy vazifalarini tasdiqlash; 
5. Bankning 2023 yil yakuni bo‘yicha sof foydasini taqsimlash;
6. Bank Boshqaruv raisi bilan tuzilgan mexnat shartnomasini uzaytirishni ko‘rib chiqish;
7. Bankning 2024 yil faoliyatini majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga to‘lanadigan haqning eng ko‘p miqdorini belgilash;
8. Bankning e'lon qilingan aksiyalarining eng ko‘p miqdorini belgilash;
9. Bank Aksiyadorlarining 2024 yil 05 martdagi umumiy yig‘ilishi kun tartibidagi 4 va 5 masalalar bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni bekor qilish;
10. Bank Ustaviga o‘zgartirishlar kiritish;
11. Bankning ichki nizomini yangi tahrirda tasdiqlash;
12. Bankning 2024 yil 1-chorak yakuni bo‘yicha sof foydasini taqsimlash.

Aksiyadorlar navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun xujjatlarda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Aksiyadorlar navbatdagi yillik umumiy yig‘ilish o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha axborot va unda ko‘riladigan masalalarning hujjatlari bilan Toshkent shaxar, Mirobod tumani, T. Shevchenko ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan Bankning Bosh ofisi binosidagi qimmatli qog‘ozlar bo‘limiga murojaat qilish orqali tanishishlari mumkin. 


Kuzatuv kengashi

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.