Chet el kapitali ishtirokidagi “Invest Finance Bank” aktsiyadorlik tijorat banki aktsiyadorlari diqqatiga! (15.02.2023)

Chet el kapitali ishtirokidagi “Invest Finance Bank” aktsiyadorlik tijorat banki aktsiyadorlari diqqatiga! (15.02.2023)

Chet el kapitali ishtirokidagi “Invest Finance Bank” aktsiyadorlik tijorat banki aktsiyadorlari diqqatiga! (15.02.2023)

ATB “InfinBANK” aksiyadorlari DIQQATIGA! 

HURMATLI AKSIYADORLAR! 

ATB “InFinBank” aksiyadorlarining 2023 yil 15 fevral sanasiga belgilagan navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kvorumga ega bo‘lmaganligi sababli takroriy umumiy yig‘ilish 2023 yil 24 fevral kuni soat 15:00 da, Toshkent shahar, Mirobod tumani, T.Shevchenko ko‘chasi, 1-uy manzilda joylashgan ATB “InFinBank” ning Bosh ofisi binosida o‘tkaziladi. Umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega aksiyadorlar ro‘yxati 2023 yil 09 fevral holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reestriga asosan tuziladi.

Bankning pochta manzili: Toshkent shahar, Mirobod tumani, T.Shevchenko ko‘chasi, 1-uy.

Bankning elektron pochta va veb-sayt manzili: info@infinbank.com, www.infinbank.com.

KUN TARTIBI:

1. Bank Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash; 

2. Bankning maqomi o‘zgarishi munosabati bilan uning nomini o‘zgartirish;

3. Bankning Ustaviga o‘zgartirish kiritish va uni yangi tahrirda tasdiqlash;

4. Bank Kengashi a'zosining vakolatini muddatidan ilgari tugatish;

5. Bankning Kengashiga saylov o‘tkazish.

Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun xujjatlarda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha axborot va unda ko‘riladigan masalalarning hujjatlari bilan Toshkent shahar, Mirobod tumani, T.Shevchenko ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan Bankning Bosh ofisi binosidagi qimmatli qog‘ozlar bo‘limiga murojaat qilish orqali tanishishlari mumkin.

Kuzatuv kengashi

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.