Chet el kapitali ishtirokidagi “Invest Finance Bank” aktsiyadorlik tijorat banki aktsiyadorlari diqqatiga! (24.10.2022)

Chet el kapitali ishtirokidagi “Invest Finance Bank” aktsiyadorlik tijorat banki aktsiyadorlari diqqatiga! (24.10.2022)

Chet el kapitali ishtirokidagi “Invest Finance Bank” aktsiyadorlik tijorat banki aktsiyadorlari diqqatiga! (24.10.2022)

AKSIYADORLARI DIQQATIGA!

Hurmatli aksiyadorlar!

ATB «InFinBank» (keyingi o‘rinlarda - Bank) Kengashining 2022 yil 19 avgustdagi qaroriga muvofiq nominal qiymati 1 000 (bir ming) so‘mlik 100 000 000 (bir yuz million) dona oddiy aksiyalarni chiqarilishi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2022 yil 21 oktyabr' kuni R0820 – 13 son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini ma'lum qilamiz.

Aksiyalar chiqarilishi qaroriga asosan Bank aksiyalari aksiyadorlarga imtiyozli sotib olish huquqi taqdim etish bilan yopiq obuna orqali joylashtiriladi.

Qo‘shimcha chiqarilayotgan aksiyalarni sotib olishda “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 35-36-moddalariga asosan Bank aksiyadorlariga imtiyozli sotib olish huquqi beriladi.Imtiyozli sotib olish huquqining amal qilish muddati bildirishnoma e'lon qilingan paytdan e'tiboran10 (o‘n) kun davomida amal qiladi.

Bank aksiyalarini imtiyozli sotib olish huquqiga ega shaxslarning ro‘yxati 2022 yil 19 avgust xolatiga shakllantirilgan Bank aksiyadorlari reestrining ma'lumotlari asosida tuziladi.

Aksiyalar 1 000 (bir ming) so‘m qiymatda joylashtiriladi.

Imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan aksiyadorlar aksiyalarni olishi to‘g‘risida o‘zining ismi – sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), o‘zi oladigan aksiyalarning soni ko‘rsatilgan yozma shakldagi arizani va haq to‘laganlik to‘g‘risidagi hujjatni Bankga yuborish orqali o‘z imtiyozli huquqini to‘liq yoki qisman amalga oshirishga haqlidirlar. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida Bankga taqdim etilishi kerak.

Aksiyadorlar aksiyalar uchun to‘lovlarni ularga to‘lanadigan dividendlar hisobidan amalga oshirish huquqiga egalar.

Bank aksiyadorlari olishga xaqli bo‘lgan aksiyalarning sonini aniqlash tartibi quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:

A/400 000 000=B

100 000 000*B=C

Shunda:

400 000 000 – Bank ustav kapitalidagi umumiy aksiyalar soni;

100 000 000 – qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalar umumiy soni;

A – aksiyadorning Bank ustav kapitalidagi aksiyalari soni;

B – Bank ustav kapitaliga mutanosib ravishda aksiyalar soni;

C – imtiyozli xuquq qo‘llanilganda aksiyador tomonidan cotib olinadigan aksiyalar soni.

Qoldiq hosil bo‘lgan hollarda, qoldiq son 5 (besh) dan ortiq bo‘lsa, ko‘paygan tomonga, 5 (besh) dan kam bo‘lsa kamaygan tomonga butlanadi.

Aksiyadorlar qo‘shimcha ma'lumotlar olish uchun Bankga murojaat qilishlari mumkin.

Ma'lumot uchun telefonlar: +998 (71) 202 50 77

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.