Chet el kapitali ishtirokidagi “Invest Finance Bank” aktsiyadorlik tijorat banki aktsiyadorlari diqqatiga! (06.06.2022)

Chet el kapitali ishtirokidagi “Invest Finance Bank” aktsiyadorlik tijorat banki aktsiyadorlari diqqatiga! (06.06.2022)

Chet el kapitali ishtirokidagi “Invest Finance Bank” aktsiyadorlik tijorat banki aktsiyadorlari diqqatiga! (06.06.2022)

HURMATLI AKSIYaDORLAR!


Chet el kapitali ishtirokidagi “Invest Finance Bank” aksiyadorlik tijorat banki (keyingi o‘rinlarda – Jamiyat) aksiyadorlarining Navbatdagi umumiy yig‘ilishi 2022 yil 28 iyun' kuni, Toshkent shaxar, Mirobod tumani, T. Shevchenko ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan Jamiyat bosh ofisi binosida bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilish soat 15:00 da boshlanadi. Aksiyadorlarni ruyxatga olish soat 14:30 dan boshlanadi. Navbatdagi umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun Jamiyat aksiyadorlari reestri 2022 yil 24 iyun' holatiga tuziladi.
Jamiyatning elektron pochtasi va veb sayti manzili: info@infinbank.com, www.infinbank.com.  

KUN TARTIBI:

1. Bank Sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash; 
2. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash;
3. Bank Kengashining 2021 yil yakuni bo‘yicha hisobotini eshitish;
4. Bank Boshqaruvining Bankning 2021 yil moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari bo‘yicha hisoboti va bank faoliyatining 2022 yilgi asosiy vazifalarini tasdiqlash; 
5. Bank faoliyatining 2021 yil yakunlari bo‘yicha Taftish komissiyasining xulosasini eshitish;
6. Bankning 2021 yil yakuni bo‘yicha sof foydasini taqsimlash;
7. Bank Kengashi a'zolarini saylash;
8. Bank Taftish komissiyasini tugatish va ATB “InFinBank” Taftish komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish;
9. Bank Boshqaruvi raisini saylash;
10. Bankning 2022 yil faoliyatini majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga  to‘lanadigan haqning eng ko‘p miqdorini belgilash;
11. Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash;
12. Bank Ustaviga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish;
13. Bankning ichki nizomlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda yangi tahrirda tasdiqlash;
14. ATB “InFinBank”ga tegishli ko‘chmas mulklarni sotish;
15. ATB “InFinBank”ga tegishli ko‘chmas mulk binosida ta'mirlash bo‘yicha pudrat ishlarini bajarish shartlarini ko‘rib chiqish;
16. Bankning umidsiz aktivlarini hisobdan chiqarish.

  • Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun xujjatlarda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
  • Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha axborot va unda ko‘riladigan masalalarning hujjatlari bilan Toshkent shaxar, Mirobod tumani, T. Shevchenko ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan jamiyatning bosh ofisi binosidagi qimmatli qog‘ozlar bo‘limiga murojaat qilish orqali tanishishlari mumkin. 

Kuzatuv kengashi

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.