Chet el kapitali ishtirokidagi “Invest Finance Bank” aktsiyadorlik tijorat banki aktsiyadorlari diqqatiga! (26.11.2021)

Chet el kapitali ishtirokidagi “Invest Finance Bank” aktsiyadorlik tijorat banki (keyingi oʻrinlarda – Bank) aktsiyadorlarining Navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2021 yil 20 dekabr kuni, Toshkent shaxar, Mirobod tumani, T. Shevchenko koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan Bankning bosh ofisi binosida boʻlib oʻtadi.

ATB “InFinBank” aktsiyadorlari DIQQATIGA!

HURMATLI AKTSIYADORLAR!

Chet el kapitali ishtirokidagi “Invest Finance Bank” aktsiyadorlik tijorat banki (keyingi oʻrinlarda – Bank) aktsiyadorlarining Navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2021 yil 20 dekabr kuni, Toshkent shaxar, Mirobod tumani, T. Shevchenko koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan Bankning bosh ofisi binosida boʻlib oʻtadi.

Yigʻilish soat 15:00 da boshlanadi. Aktsiyadorlarni ruyxatga olish soat 14:30 dan boshlanadi. Navbatdan tashqari umumiy yigʻilish oʻtkazish uchun Bank aktsiyadorlari reyestri 2021 yil 14 dekabr holatiga tuziladi.

Bankning elektron pochtasi va veb sayti manzili: info@infinbank.com, www.infinbank.com.

KUN TARTIBI:

1. Aktsiyadorlar umumiy yigʻilishining reglamentini tasdiqlash;

2. Bankning 2021 yil yakunlarini majburiy tekshirish boʻyicha tanlangan auditorlik tashkiloti va uning xizmatlari uchun toʻlanadigan eng koʻp xaq miqdorini bekor qilish;  

3. Bankning 2021 yil yakunlarini majburiy tekshirish boʻyicha auditorlik tashkiloti va uning xizmatlari uchun toʻlanadigan eng koʻp xaq miqdorini belgilash.

- Aktsiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yigʻilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun xujjatlarda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak.

- Aktsiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yigʻilish oʻtkazish boʻyicha qoʻshimcha axborot va unda koʻriladigan masalalarning hujjatlari bilan Toshkent shaxar, Mirobod tumani, T. Shevchenko koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan jamiyatning bosh ofisi binosidagi qimmatli qogʻozlar boʻlimiga murojaat qilish orqali tanishishlari mumkin. 

Kuzatuv kengashi

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.