Milliy valyutada

Milliy valyutada

Milliy valyutada

«InFinBank» ATB milliy valyutada hisob-kitob, kassa operatsiyalarini amalga oshirish
bo‘yicha barcha turdagi xizmatlarni ko‘rsatadi.

«InFinBank» ATB milliy valyutada hisob-kitob, kassa operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha barcha turdagi xizmatlarni ko‘rsatadi.

Hisob-kitoblar tez va sifatli, mijozlarning manfaatlari va istaklarini hisobga olgan holda qulay va engil amalga oshiriladi. Zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanishi va Bank xodimlarining yuksak malakasi bank ishini yuritishning xalqaro standartlariga mos va hisob-kitob, kassa xizmatining eng yaxshi sifatda badarilishini kafolatlaydi. «InFinBank» ATB har bir mijozga xususiy yondashuv usulida xizmat ko‘rsatadi, xizmat ko‘rsatishning yuksak sifatini hamda to‘lovlarning kam vaqt sarflab tezda o‘tkazilishini ta'minlaydi.

Hisob-kitob operatsiyalari

«InFinBank» ATB yuridik shaxs bo‘lgan mijozlarga va xususiy tadbirkorlarga hisob-kitob operatsiyalarini milliy valyutada o‘tkazish hamda hisob-kitob, kassa opreasiyalarining barcha turlaridan foydalanish imkoniyatini yaratib beradi:

  • hisobvaraqlarni ochish va ularga xizmat ko‘rsatish;
  • naqd pulsiz hisob-kitoblarni bajarish;
  • «E-Banking» tizimidan foylangan holda hisobvraqlar bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazish;
  • kassa xizmatini ko‘rstaish;
  • naqd pul mablag‘larini inkassasiya qilish;
  • O‘zR hududida to‘lovlar milliy valyutada amalga oshiriladi;
  • xususiy xizmat ko‘rsatish va maslahat berish.

Hisobvaraqni ochish va yuritish

«InFinBank» ATB hisobvarqni ochish taomili Siz uchun qulay va engil bo‘lishi uchun barcha shart-sharoitlarni ko‘zda tutishga harakat qiladi. Mijozlarga qulay bo‘lishi uchun Bank xodimlari hisob raqami ochish uchun barcha zarur hujjatlarni o‘zlari to‘ldirishadi, shuningdek hujjatlardan nusha ko‘chirib berishadi.

Yuridik shaxs milliy valyutada hisobvaraq ochishi uchun quyidagi hujjatlarni topshirishi lozim (ta'sischilar rezidentlar bo‘lishganda):

  • Davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
  • Ustav;
  • Ta'sis shartnomasi;
  • Vakolatli shaxslarning pasporti — asli (direktor va boshbuxgalter);
  • Imzolar namunalari Varaqachalari.
  • Hisobvaraq ochish uchun So‘rovnoma

Yuridik shaxs milliy valyutada hisobvaraq ochishi uchun quyidagi hujjatlarni topshirishi lozim (ta'sischilar norezidentlar bo‘lishganda):

  • Davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
  • Ustav (notarial tasdiqlangan nusha);
  • Ta'sis shartnomasi (notarial tasdiqlangan nusha);
  • Vakolatli shaxslarning pasporti — asli (direktor va boshbuxgalter);
  • Imzolar namunalari Varaqachalari.
  • Hisobvaraq ochish uchun So‘rovnoma

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.